O‘zbekiston | 18:11 / 02.09.2015
3592
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Qozog‘iston chegaralari demarkatsiyasiga oid jarayon yakunlandi

2015 yilning 24-28 avgust kunlari Chimkent shahrida (Qozog‘iston) O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi Hukumat delegatsiyalari O‘zbekiston-Qozog‘iston Qo‘shma demarkatsiya komissiyasining navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazishdi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston-Qozog‘iston Davlat chegaralari demarkatsiyasiga oid yakuniy hujjatlar tayyorlash ishlari davom ettirildi.

Muzokaralar do‘stona qo‘shnichilik va o‘zaro manfaatlarni inobatga olgan holda o‘tdi.