Jahon | 22:42 / 03.09.2015
4313
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya Sberbanki boshlig‘i rossiyaliklarni rublning tebranishlariga tayyor turishga chaqirdi

Aholi yaqin yillarda rubl kuchli darajada tebranib turishiga tayyor bo‘lish kerak, deb aytdi Sberbank prezidenti German Gref Sharqiy iqtisodiy anjuman kuluarlarida. Bu haqda “Interfaks” axborot agentligi ma'lum qildi. 

Gref rublning dinamikasi xomashyo materiallari narxlariga kuchli tarzda bog‘liqligini ta'kidlab o‘tdi.

3 sentabr kuni savdolar paytida Brent markasidagi neft narxi 50,30 dollarga yetdi. Kun mobaynida uning narxi 50,64 dollargacha ko‘tarilib, 49,94 dollargacha tushdi.
Moskva birjasida dollar narxi 67,27 rublgacha, yevro esa 75,55 rublgacha ko‘tarildi. Markaziy bank tomonidan o‘rnatilgan rasmiy kurs mos ravishda 67,01 va 75,27 rublni tashkil qilmoqda.