O‘zbekiston | 14:28 / 05.09.2015
3731
1 daqiqa o‘qiladi

Jizzax viloyati hokimi “Bilimlar kuni”da Mustaqillik darslarida ishtirok etdi

Jizzax viloyati hokimi Sayfiddin Ismailov Jizzax shahridagi 10-umumta'lim maktabida bo‘lib o‘tgan birinchi qo‘ng‘iroq tadbirida ishtirok etdi. Bu haqda hokimlik axborot xizmati ma'lum qildi.

Darsliklar, o‘quv adabiyotlari, yangi o‘quv qurollarini o‘quvchilarga tantanali topshirish marosimida ishtirok etgan Ismailov maktabga tashrif buyurgan o‘quvchilarni yangi o‘quv yili munosabati bilan tabrikladi.
Shundan so‘ng viloyat hokimi ishtirokida mustaqillik darsi boshlandi.

Mustaqillik darslari O‘zbekiston prezidentining "O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma to‘rt yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida” gi qarori ijrosini ta'minlash maqsadida barcha umumta'lim maktablarida "Betakrorimsan, yagonasan, ona Vatanim – O‘zbekistonim” shiori ostida tashkil qilindi.