Iqtisodiyot | 16:37 / 07.09.2015
4776
1 daqiqa o‘qiladi

Nazarboyev tanga kursining beqarorligini “to‘g‘ri tushunish”ga chaqirdi

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev tanga kursining barqarorligiga to‘g‘ri munosabatda bo‘lishga chaqirdi. Bu haqda KazInform nashri xabar bermoqda.

“Valyuta kursi xorijiy valyutalar bilan shug‘ullanuvchi, eksport yoki import bilan shug‘ullanuvchi odamlargagina aloqadordir. Qozog‘iston ichida esa tanga qoladi. Uning dollarga nisbatan kursi qanaqa bo‘lishining farqi nima? Tovar necha tanga bo‘lsa, o‘sha narxda qoldi-ku? Spekulyatsiyalar bo‘lmasa bo‘lgani. Biz Qozog‘istonda tanganga yashaymiz”, - dedi u.
Prezidentning so‘zlariga qaraganda, yangi kredit-pul siyosati davlatning iqtisodiy vaziyatga normal reaksiyasidir.