Jahon | 06:52 / 07.09.2015
3232
1 daqiqa o‘qiladi
Poroshenko Donbassdagi vaziyatni hal qilishning “B” rejasini tuzayotganini ma'lum qildi
Rasmiy Kiyev Donbassdagi vaziyatni hal qilishning zaxira rejasini ishlab chiqmoqda, deb ma'lum qildi Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar bermoqda.
Poroshenko shu bilan birga Ukraina Minsk kelishuvlariga sodiq qolishini ta'kidlab o‘tdi.
“Men tinchlik va mustaqillikni saqlab qolishga umidni so‘ndirmagan holda, “B” reja ustida faol ish olib bormoqdaman”, deb aytdi Poroshenko.
Avvalroq Ukraina prezidenti mamlakat konstitutsiyasiga markazsizlantirish bo‘yicha tuzatishlar kiritilishi Donbassning Ukraina nazoratiga diplomatik yo‘l bilan qaytarilishiga ishonchi komil ekanligini aytgan edi.