Sport | 07:19 / 13.09.2015
3092
2 daqiqa o‘qiladi

Italiya chempionati, 3-tur. "Yuventus" chempionatdagi dastlabki ochkosini qo‘lga kiritdi

Italiya chempionatining 3-turidan o‘rin olgan “Yuventus” hamda “Kevo” klublari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlanda jamoalar murosa ko‘chasini tanlashdi.

Dastlab, o‘yinning 5-daqiqasidayoq Xetemay mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limning so‘nggi daqiqalarida Paulo Dibala penaltidan muvozanatni tikladi.

Shu tariqa, “Yuventus” bu safar ham g‘alabaga erisha olmadi va chempionatining dastlabki uch turida atigi bir ochko jamg‘argan holda hozircha 15-shrinda qolmoqda. 
Italiya chempionati. 3-tur

Yuventus – Kevo 1:1 (0:1, 1:0)
Gollar: 0:1 – 5 Xetemay, 1:1 – 83, penalti Dibala.
Yuventus – Buffon, Bonuchchi, Kaseres, Aleks Sandro, Bardzali, Sturaro (Kuadrado, 65), Pereyra, Ernanes, Markizio (Pogba, 46), Morata (Manjukich, 73), Dibala.
Kevo – Bizarri, Gamberini (Daynelli, 58), Gobbi, Frey, Tsesar, Birsa (Pepe, 73), Rigoni, Xetemay, Kastro, Medjorini (Pintsi, 66), Paloski.
Ogohlantirishlar: Kastro (21), Ernanes (36), Aleks Sandro (49), Birsa (50), Tsesar (78), Pepe (81), Kuadrado (90), Bizarri (90).