Sport | 20:08 / 14.10.2015
17250
2 daqiqa o‘qiladi

Krishtianu Ronalduning o‘g‘li futbolchiga “Oltin butsa” topshirilayotganda otasiga nojo‘ya imo-ishora qildi

Madridning “Real” futbol jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronalduning o‘g‘li futbolchiga “Oltin butsa” mukofoti topshirilayotganda unga o‘rta barmog‘ini ko‘rsatdi. Bu haqda The Independent nashri ma'lum qildi. 

Futbolchi nutq so‘zlayotganda besh yoshli Krishtianinyu ushbu “qilg‘iliqni” qildi. Bolaning oldida o‘tirgan Ronaldu oilasi a'zolaridan biri uni to‘xtatishga harakat qildi, biroq ushbu holat kameralar obektiviga tushishga ulgurdi.

Futbolchi hali uylanmagan, uning o‘g‘lining onasining ismi noma'lum. 2010 yilda The Daily Mail nashri Ronaldu o‘g‘il farzandli bo‘lishda surrogat onaning xizmatlaridan foydalanganini ma'lum qilgandi.

O‘tgan mavsumda 30 yoshli Ronaldu Ispaniya chempionatida 48 ta to‘p muallifiga aylandi va shu muvaffaqiyati evaziga o‘z faoliyatida 4 marta Yevropa chempionatlarining eng yaxshi to‘purari uchun beriladigan “Oltin butsa” muukofotini oldi. Futbolchining bu natijasi 1968 yildan beri topshirib kelinadigan mukofot tarixidagi rekord ko‘rsatkich bo‘ldi.
Ronalduning asosiy raqobatchisi bo‘lgan Lionel Messi bu mukofotga 3 marotaba sazovor bo‘lgan.