Jahon | 17:41 / 27.10.2015
3665
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya “Ozod Suriya armiyasi” bilan bog‘lanish yo‘llarini qidirishni davom ettiryapti

Rossiya “Ozod Suriya armiyasi” bilan bog‘lanish yo‘llarini qidirishni yanada kuchaytirdi, deb ma'lum qilmoqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya bu borada AQSh boshliq xalqaro koalitsiyaga ham, Rossiya yordamini inkor etgan Suriyadagi antiterror muxolifat kuchlariga ham murojaat etgan.

“Ularni topish oson ish emas. Sizlarga ochig‘ini aytaman, biz bu ishni kuchaytirgan holda olib boryapmiz”, — dedi Lavrov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, “birinchi uchqunlar bor”. U bu aloqalar natija berishiga umid bildiryapti.