Walmart savdo tarmog‘ining sobiq rahbari o‘zi boshqargan samolyotni parashyut yordamida yo‘lga qo‘ndirishga muvaffaq bo‘ldi
AQShning Arkanzas shtatida samolyot uchuvchisi parashyutdan foydalangan holda o‘zi boshqarayotgan samolyotni avtomobil yo‘liga shoshilinch tarzda qo‘ndirishga majbur bo‘lgan. Samolyot shturvalida AQShning Walmart savdo tarmog‘ining sobiq ijrochi direktori, o‘tgan yili iste'foga ketgan, 56 yoshli Bill Saymon bo‘lgan, deb xabar bermodqa ABC News telekanali.
Mahalliy politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, uchuvchi samolyotning yonilg‘i uzatish tizimi ishlamay qolgandan keyin parvoz balandligini pasaytirishga qaror qilgan. Samolyot bortida yana ikki yo‘lovchi bo‘lgan.
CNBC telekanalining ta'kidlashicha, Saymon Feyyetvill shahridagi aerodromga qo‘nmoqchi bo‘lgan, biroq buning uddasidan chiqa olmagan. Uchuvchi buning o‘rniga samolyotni Martin Lyuter King sayilgohiga falokat parashyutini qo‘llagan holda qo‘ndirgan.
Samolyot qo‘nish paytida yuk mashina va bir yengil mashina bilan to‘qnashib ketgan. Avtomobillarda bir necha bola bo‘lgan, biroq hech kim jiddiy jarohat olmagan. Haydovchilar va uchuvchi kichik jarohatlar bilan cheklanib qolgan.