14 noyabr kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasida 10 yoshli iqtidor egasi Jannat Huseynzodaning yakkaxon konsert dasturi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Turkiston-press” agentligi xabar bermoqda.
Kontsert dirijyor va badiiy rahbar Muborak Lutfullayeva boshchiligidagi “O‘zbekistonning yosh iqtidorlari” kamera orkestri ishtirokida o‘tkazildi.
Tomoshabinlar yosh iste'dod sohibining biryo‘la uch qirrasi bilan tanishib chiqdi. U pianist, musiqiy asarlar muallifi va dirijyor sifatida qatnashdi.