Sport | 20:08 / 12.01.2016
6388
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston olimpiyachilarining Qatardagi ilk o‘yinini Osiyoning 2015 yildagi eng yaxshi hakami boshqaradi

Bugun, 12 yanvar kuni Qatar poytaxti Doha shahrida futbol bo‘yicha U-23 Osiyo chempionatiga start beriladi. Osiyo futbol konfederatsiyasi rasmiy sayti 12 va 13 yanvar kunlari bo‘lib o‘tadigan o‘yinlarni boshqarib boruvchi hakamlar nomini ma'lum qildi. Bu haqda «Championat.asia» nashri xabar bergan.

Unga ko‘ra, «C» guruhining 1-turidan o‘rin olgan Janubiy Koreya — O‘zbekiston bahsini saudiyalik yosh hakamlardan biri Fahad Al Mirdasi boshqarib boradi. Al Mirdasiga qanotlarda hamyurtlari Abdulloh Al Shalvai hamda Muhammad Maki Alabakri ko‘mak beradi. Zaxira hakami vazifasini esa iordaniyalik Adham Muhammad Makxamdeh bajaradi.

Fahad Al Mirdasi 2015 yilda Osiyoning eng yaxshi hakami sifatida taqdirlangandi.

Eslatib o‘tamiz, Janubiy Koreya — O‘zbekiston o‘yini 13 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan 21:30 da boshlanadi.