Sport | 22:24 / 17.01.2016
4986
1 daqiqa o‘qiladi
Runining goli “Manchester Yunayted”ga “Liverpul” ustidan g‘alaba keltirdi
Angliya Premer-ligasining 22-turida “Manchester Yunayted” “Liverpul”ning uy maydoni “Enfild”da mezbon jamoa ustidan minimal hisobda g‘alabaga erishdi. Uchrashuvdagi yagona to‘pni 78-daqiqada Ueyn Runi kiritdi va APLda bir jamoa safida eng ko‘p to‘p urgan futbolchiga aylandi.
Ushbu g‘alaba evaziga “MYu” 37 ochko bilan musobaqa jadvalida 5-o‘ringa ko‘tarilib oldi, “Liverpul” esa 31 ochko bilan 9-o‘rinni egallamoqda.
Angliya Premer-ligasi. 22-tur
Liverpul – Manchester Yunayted – 0:1
Gol: Runi, 78 (0:1).