Iqtisodiyot | 15:41 / 17.02.2016
16696
2 daqiqa o‘qiladi

Bloomberg : Neft ishlab chiqaruvchilarning “sirli fitna”si fosh bo‘ldi

Neft diplomatlari neft qazib olish darajasini pasaytirish va shu orqali neft narxini ham barqarorlashtirish to‘g‘risida kelishib olishga bir yildan ortiq vaqt davomida harakat qilishgan.

Muammo shunda ediki, maxfiy agentlar neft kartellari – neft ishlab chiqaruvchi davlatlar tashkilotlari doirasidan chiqib, boshqa neft qazib oluvchilar bilan kelishishlariga to‘g‘ri keladi.

"Neft qazib olish bo‘yicha yetakchi hisoblangan to‘rt davlat – Rossiya, Saudiya Arabistoni, Qatar va Venesuela 8 oylik neft qiymatining tushishi davrida nihoyat qazib olishni 2016 yil yanvar oyi holatida muzlatishga kelishib olishdi. Bu esa uzoq muddatli “maxfiy muzokaralar”ning munosib yakunidir", deb xabar beradi Bloomberg agentligi.

Endi neft diplomatlari oldida yanada qiyin masala ko‘ndalang turibdi – boshqa davlatlarni jahon bozoridagi ulush uchun olib boriladigan "urush"dan voz kechishga hamda ishlab chiqarishni mo‘'tadillashtirish kelishuviga rozi bo‘lishga ko‘ndirish. Hali Eron bu yakdil kelishuvda qattiq to‘sqinlik qilishi mumkin.

Biroq neft zaxiralariga ega mamlakatlarning neft ishlab chiqarishni mo‘'tadillashtirish borasidagi yagona to‘xtamga kelishga urinishi ularni “buyuk kelishuv”ga yaqinlashtiradi. Bu 1999 yilgi “maxfiy kelishuv”ga o‘xshab ketadi. O‘shanda davlatlar neft qazib olish hajmini shu qadar pasaytirishganki, oqibatda neft narxi rekord darajada – bir barrel uchun 140 dollargacha ko‘tarilib ketgan.