Jamiyat | 20:02 / 19.02.2016
6763
1 daqiqa o‘qiladi

Leonardo DiKaprioning Rossiyalik “egizagi” aktyorning mashhur sahnalarini qaytardi

Aktyor Leonardo DiKaprioning Rossiyalik “egizagi” Roman Burtsev mashhur qiyofadoshining fil'mlaridagi ayrim sahnalarni suratlarda jonlantirishga urindi.

RF politsiyasining texnik xizmati xodimi bo‘lgan 33 yoshli Roman Burtsev DiKaprioning “Titanik”, “Uoll-Stritlik qashqirlar”, “Buyuk Getsbi” va “Tirik qolgan” kartinalaridagi obrazlariga suratlar orqali o‘xshashga harakat qildi.

U gollivud yulduziga juda o‘xshaganligi sabab realiti-shouga mehmon sifatida ham chaqirilgan edi.