“Burger King” “Makdonalds”ga hazil videorolik bilan javob qaytardi
Fransiyaning “Burger King” kompaniyasi o‘zining YouTubedagi kanalida “Makdonalds”ning tanqidiga javoban video joylashtirdi. “Burger King” rolikining boshlanishi «Makdonalds»nikidan hech farq qilmaydi: hattoki o‘sha musiqa, o‘sha bilbordlar.
Lekin rolik o‘rtasida yosh juftlik paydo bo‘ladi. Ular “Makavto”ga kelib, kofe sotib olishadi va ularning sevimli vopperlari (whooper) yetish uchun uzoq yo‘l kutayotganligini tushuntirishadi. Rolik qahramonlari qancha uzoq yo‘l bosib o‘tilsa ham “Burger King” taomlari bunga arzishini aytishadi.
Bir necha kun avval “Makdonalds” o‘zining video rolikida “Burger King” ustidan kulgan edi. Videodagi bilbordlarda “Burger King”da tanavvul qilish uchun avtomobilistlarga 258 kilometr yo‘l yurishliklari kerakligini, “Makdonalds” uchun esa atigi 5 kilometr deb yozilgan edi. Shu yo‘l bilan “Makdonalds”, Fransiyada “Burger King”dan ko‘p restoranlari borligini eslatib o‘tmoqchi bo‘lgan.