Jamiyat | 10:45 / 01.03.2016
2956
2 daqiqa o‘qiladi

Olimlar o‘rgimchak zahri og‘riq qoldirishda samarali dori bo‘lishi mumkinligini qayd etishdi

Olimlar Peruning yashil baxmal tarantula o‘rgimchagi ijobiy ta'sirga ham egaligini aniqlashdi. U bosh miyasining retseptorlariga ta'sir qiladi va og‘riqni bosadi.

Zahardan olingan peptid toksinlari kelajakda og‘riq qoldiruvchi dori vositalarining yangi avlodini yaratishga yordam beradi. Kvinslend universiteti olimlari guruhi o‘z tadqiqoti natijasi haqida Biophysical Society 60th Annual Meeting anjumanida bayon qildi

Kvinslend universitetining katta ilmiy xodimi Sonya Troeyra Enrikes Peruning yashil baxmal tarantulasi zahrida bosh og‘rig‘idan xalos etuvchi ProTx-II peptid toksini mavjudligini aytib o‘tdi.

ProTx-II nerv hujayralari membranalarida joylashgan og‘riqli nuqtalar bilan aloqaga kirishadi. Membrana bu jarayonda peptid toksinlarini neyronlarga uzatib berishda muhim rol o‘ynaydi. U peptid toksinlarining konsentratsiyasini oshiradi va ularning og‘riq retseptorlariga ta'sirini kuchaytiradi.

Shunday qilib, olimlar zahar komponentlarining inson organizmi uchun ta'sir qilish mexanizmini bilgan holda foydali dori vositalarini yaratishlari mumkin. Kelajakda esa bu millionlab insonlardagi surunkali og‘riq oldini olishga yordam beradi.