Jahon | 08:33 / 05.03.2016
2872
1 daqiqa o‘qiladi
Pora uchun hibsga olingan Vnukovo politsiyasi bo‘limi boshlig‘i shifoxonaga yotqazildi
Pora olishda gumon qilinayotgan Vnukovo aeroporti politsiya bo‘limi boshlig‘i Igor Kukushkin yurak xurujiga gumon bilan shifoxonaga yotqazildi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.
"Kukushkin o‘zini yomon his qila boshladi, ehtimol bu yurak xuruji bo‘lgan. Hozir u shifoxonaga yotqazildi", deb aytdi huquq-tartibot muassasalaridagi manba.
Ta'kidlanishicha, Kukushkinga nisbatan qanday chora belgilanishi uni shifokorlar tekshirib chiqishgandan keyin qabul qilinadi.
Avvalroq Moskva sudi Kukushkinning sherigi Aleksey Bogdanovni ikki oyga hibsga olgani ma'lum qilingandi.