Jahon | 02:34 / 10.04.2016
2254
2 daqiqa o‘qiladi

Istanbul markazida navbatdagi portlash yuz berishi oqibatida 3 kishi jarohat oldi

9 aprel kuni kechki payt Istanbulning markaziy Madjidiaka hududidagi piyodalar o‘tish joyi yaqinida portlash sodir bo‘ldi, deb xabar beradi Sinxua agentligi. Voqea natijasida uch kishi jarohat olgan.

Ma'lum bo‘lishicha, portlovchi qurilma o‘tish yo‘lidan uncha uzoq bo‘lmagan joyda neylonli sumka ichiga tashlab ketilgan.

Politsiya voqea joyini qurshab olgan. Yaqin arofdagi savdo markazlariga tashrif buyurganlar evakuatsiya qilingan bo‘lib, ular hozirda mustahkam himoya ostida.

Bir necha soat avval ham Istanbuldagi Taqsim maydonida sapyorlar shubhali sumkani portlatib yuborishgandi.

Bu orada AQSh va Isroil hukumati o‘z fuqarolarini Turkiyada yangi teraktlar bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirmoqda. Turkiyada Anqara va Istanbuldagi teraktlardan keyin "yuqori aniq xavf"ni bildiruvchi xavflilikning ikkinchi darajasi kiritilgan.

Avvalroq, IShID terroristik guruhining jangarilari Ozarbayjon va Turkiyada qator teraktlarni amalga oshirishni rejalashtirgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma'lumot uchun, shu kuni Somali poytaxti Mogadisho va Afg‘oniston poytaxti Kobulda ham bir necha portlashlar sodir etildi.