Erkak va ayol miyasi o‘rtasida farq aniqlandi
Surrey Universiteti biologlari sirkad ritmi – uyqu va bedorlik sikli buzilishi – erkaklarga nisbatan ayollarga ko‘proq ziyon yetkazishini aniqladi. Bunda ayollarning mehnat samaradorligi pasayib ketadi.
Mazkur holat asosan tungi navbatchilikda ishlaydigan, jumladan hamshira, qo‘riqchi va politsiya xodimlariga tegishli. Tadqiqot natijasi Proceedings of the National Academy of Sciences jurnalida chop etildi.
Tajribada 16 nafar erkak va 18 nafar ayol ishtirok etdi. Ular tabiiy yorug‘lik almashinuvi bo‘lmagan sharoitga joylashtirildi. Natijada uyqu va bedorlik sikli surilib bordi.
Har uch soat bedorlikda qatnashchilar qator vazifalarni bajarganlar. Jumladan o‘z holatlari: uyquchanlik, kayfiyat va qandaydir ish bajarishda sarflangan quvvat xususidagi hisobotni to‘ldirishgan.
Ishtirokchilar aqliy salohiyatni belgilovchi testdan ham o‘tgan. Ko‘ngillilarning diqqat jamla olishi, motorikasi va mehnat xotirasi ham tekshirilgan. Tadqiqotchilar qatnashchilar uxlayotgan paytda elektroensefalogramma miya faolligini ham sinab ko‘rgan.
Tajribalar shuni ko‘rsatdiki, sutka siklining surilishi erkak va ayollarning aqliy salohiyatidan ko‘ra, ko‘proq kayfiyatiga katta ta'sir ko‘rsatdi. Biroq sirkad ritmlari erkaklarga solishtirganda ayollarga anchagina kuchli ta'sir etdi. Bu ularning tonggi soatlarda, odat bo‘yicha tungi smenaning yakuniga to‘g‘ri keluvchi paytlarda fikrlash darajasining susayishiga olib keldi.