Obama AQShdagi saylovchilarni Trampning biografiyasini yaxshilab o‘rganib chiqishga chaqirdi
AQShlik saylovchilar AQSh prezidenti lavozimiga nomzodlik qilayotgan milliarder Donald Trampni qo‘llab-quvvatlashdan avval yaxshilab o‘ylab ko‘rishlari kerak, deb aytdi Oq uyda AQSh prezidenti Barak Obama. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar bermoqda.
Obama Trampda "sinchkovlik bilan o‘rganish kerak bo‘lgan ancha jihatlar borligini" aytdi. Uning aytishicha, saylovchilar Trampning avval aytgan so‘zlarini jiddiy qabul qilishlari lozim.
Obamaning ta'kidlashicha, davlat rahbari zimmasiga juda katta javobgarlik tushadi. "Prezident lavozimi – ko‘ngilxushlik yoki realiti-shou emas", deb aytdi Obama. Obamaning fikricha, OAV "urush bilan", yoki "boshqa davlatlar bilan juda muhim aloqalarni barbod qilish", yoxud "moliya tizimini sindirish" bilan tahdid qiladigan nomzodlarning so‘zlarini batafsil yoritishlari kerak.
Obama nafaqat Trampni, balki boshqa nomzodlarni ham "mikroskop ostida sinchkovlik" bilan tekshirish kerakligini aytdi. Obama amerikaliklarda "yaxshi his, yaxshi sezgilar" borligiga va ular noyabrdagi saylovlarda eng munosib nomzodga ovoz berishlariga ishonishi aytdi.