AQSh razvedkasi Venesuela prezidenti o‘z tarafdorlari tomonidan chetlatilishi mumkinligini aytmoqda
AQSh razvedkasi tahlilchilari Venesuela prezidenti Nikolas Maduro 2019 yilda prezidentlik muddati tugagunchayoq u tomonidan boshqariladigan Yagona sotsialistik partiya a'zolari tomonidan chetlatishi mumkinligi haqidagi fikrga kelishmoqda. Bu haqda Associated Press axborot agentligi ma'lum qildi.
Prezidentning chetlatilishiga mamlakatda hukm surayotgan og‘ir iqtisodiy vaziyat sabab bo‘lishi mumkin. Agentlik manbasining aytishicha, Maduroning nufuzi borgan sari zaiflashib bormoqda.
Tahlilchilar keyingi yilda Venesuelada Maduroning iste'foga chiqarilishiga ovoz berish ko‘rinishida o‘ziga xos "saroy to‘ntarishi" yuz berishi mumkinligini taxmin qilishmoqda. Bu bo‘yicha referendumni Maduro mamlakatning sobiq prezidenti Ugo Chavesning nochorlikka qarshi kurashish bo‘yicha yaratgan merosini barbod qilayotganidan xavotirlanayotgan sotsialistlar qo‘llab-quvvatlaydilar.
Venesuela oxirgi vaqtlarda jiddiy iqtisodiy qiyinchiliklarni boshidan kechirmoqda, mamlakatda oziq-ovqat tanqisligi yuzaga kelgan. Bu vaziyat aholining noroziligiga sabab bo‘lmoqda. Maduro 13 mayda mamlakat iqtisodiyotidagi favqulodda vaziyatni yana 60 kunga uzaytirdi. Bu tartib 15 yanvarda kiritilgandi va martda ikki oyga uzaytirilgandi.
2 mayda Venesuela muxolifati Milliy saylov kengashiga Maduroning iste'foga chiqarilishi bo‘yicha referendum o‘tkazilishi uchun 1,85 mln ta imzo yo‘llagan edi.