EgyptAir aviakompaniyasi motam ramzi sifatida logotipi rangini qoraga o‘zgartirdi
Misrning EgyptAir aviakompaniyasi rahbariyati, A320 samolyoti bedarak yo‘qolgach, o‘z logotipining rangini vaqtincha o‘zgartirishga qaror qildi.
EgyptAir’ning Twitter’dagi sahifasida odatdagi ko‘k rangli yozuvlar qoraga almashgan, sahifa tepasida esa, bedarak ketgan MS804 reysi raqami joylangan.
Aviakompaniya o‘z saytidagi rasmiy savdo belgisini o‘zgartirmagan bo‘lsa-da, uning asosiy tusini qora rangga almashtirgan.
Bundan tashqari, EgyptAir hodisa munosabati bilan musibatga uchraganlarga hamdardlik izhor qilgan.
EgyptAir aviakompaniyasining Parijdan Qohiraga MS804 raqamli parvozni amalga oshirayotgan yo‘lovchi samolyoti, 19 may kuni ertalab O‘rta yer dengizi osmonida radar ekranlaridan g‘oyib bo‘lgan edi. Uning bortida jami 66 kishi bo‘lgan.
Hozircha, aviahalokat sabablari borasida aniq fikrlar mavjud emas. O‘rta yer dengizi hududida esa, samolyot qoldiqlari qidirilmoqda.