O‘zbekiston | 11:35 / 25.05.2016
3826
1 daqiqa o‘qiladi
Markaziy Osiyo kurash federatsiyasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016 yil 19 may kuni Markaziy Osiyo kurash federatsiyasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Ushbu tashkilot xalqaro miqyosda faoliyat olib borib, uning asosiy maqsadi Markaziy Osiyoda kurashni rivojlantirish hamda ushbu hududda o‘z a'zolarining kurash sport turi bo‘yicha faoliyatlarini muvofiqlashtirish va boshqarish hisoblanadi.