Jahon | 10:27 / 27.05.2016
8708
1 daqiqa o‘qiladi

Afg‘oniston armiyasi mulla Mansurning ma'rakasiga yig‘ilgan "Tolibon" vakillariga hujum qildi

Afg‘oniston armiyasi vertolyotlari mamlakat shimoli-g‘arbidagi Saripul viloyatida mulla Axtar Mansurning tarafdorlariga havodan zarba berdi. Bu vaqtda jangarilar marhum yetakchilarini xotirlash marosimi uchun yig‘ilgandi.

Ariana-TV telekanalining mahalliy hukumatdagi manbasiga asoslangan holda xabar tarqatishicha, 26 may kuni kechasi mulla Mansur tarafdorlari Saripuldagi Suzma Qal'a tumanida joylashgan Katta Qal'a qishlog‘ida yig‘ilishgandi.

Manbaning ma'lumotiga ko‘ra, bu hujum oqibatida "Tolibon" harakati dala qo‘mondonlaridan biri mulla Ismoil hamda yana bir jangari halok bo‘lgan va 6 nafar jangari jarohatlangan.