Xitoy G7 mamlakatlarining Janubiy-Xitoy dengizi bo‘yicha bayonotiga norozilik bildirmoqda
Xitoy G7 davlatlarining qo‘shma deklaratsiyasida aks ettirilgan Janubiy-Xitoy dengizi bo‘yicha «katta yettilik» mamlakatlarining bayonotiga butunlay norozilik bildirdi. Bu haqida XXR TIV rasmiy vakili Xua Chunin juma kuni brifingda ma'lum qildi.
“Katta yettilik” mamlakati yetakchilari Yaponiyadagi sammit yakunlari bo‘yicha qo‘shma deklaratsiya va yana bir qator hujjatlarni qabul qilishdi. Deklaratsiyada global iqtisodiy o‘sish chora-tadbirlarini targ‘ib qilish, terrorizm va korrupsiyaga qarshi kurashishda umumiy to‘xtamga kelish, shuningdek, xalqaro muammolarni keng ko‘lamda hal etishga kelishildi. Deklaratsiyada yozilishicha, G7 yetakchilari Janubiy-Xitoy dengizidagi vaziyat qanday tus oladi va uni tinchlik yo‘li hamda xalqaro huquq asosida qanday hal etilishidan tashvishda.
"Janubiy-Xitoy dengizida Xitoy amalga oshirayotgan ishlar bizning suverenitetimizga muvofiqdir... Biz mazkur bayonotdan butunlay norozimiz", — deydi Xua Chunin.
Uning so‘zlariga ko‘ra, G7 davlatlari Janubiy-Xitoy dengizidagi hududiy kelishmovchiliklar masalasida yakdil fikrga kelishi va mintaqada tinchlik, barqarorlikni saqlab qolish uchun ko‘proq ish qilishi lozim.
Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe boshchiligida G7 sammitida davlat rahbarlari Barak Obama (AQSh), Fransua Olland (Fransiya), Angela Merkel (Germaniya), Devid Kemeron (Buyuk Britaniya), Matteo Rentsi (Italiya) va Jastin Tryudo (Kanada), shuningdek, Yevropa kengashi va Yevrokomissiya raislari Donald Tusk hamda Jan-Klod Yunker ishtirok etishdi.
Xitoy va hududdagi bir qator mamlakatlar — Yaponiya, Vetnam va Filippin o‘rtasida Janubiy-Xitoy va Sharqiy-Xitoy dengizi chegaralari ustida o‘zaro kelishmovchiliklar mavjud. XXR Filippin va Vetnam kabi qator davlatlar hududda keskin vaziyatlar avj olishi uchun atayin AQSh yordamidan foydalanadi, deb hisoblaydi.