Fan-texnika | 20:13 / 27.05.2016
5676
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentdagi yo‘l-qurilish ishlari tufayli internet sifati yomonlashishi ehtimolidan ogohlantirildi

O‘zbekistondagi bir qator internet-provayderlari foydalanuvchilarni keyingi kunlarda internet tezligi sifati yomonlashishi mumkinligidan ogohlantirdi.

26 may kuni «Sarkor Telecom» provayder saytida ham shu haqda xabar berilgan.

"Hurmatli abonentlar! Toshkent shahrini obodonlashtirish doirasida qurilish-montaj ishlari olib borilishi davomida magistral kabelning uzib yuborilgani tufayli yaqin kunlarda Home Ethernet va ADSL abonenlari internetga kirishda muammolarga duch kelishlari mumkin. Muammolarga duch kelganlar kun davomida texnik-axborot markazi bilan bog‘lanishi mumkin. «Sarkor Telecom» muammoni bartaraf etish uchun harakat olib bormoqda. Yuzaga kelayotgan vaqtinchalik noqulaylik uchun uzr so‘raymiz va bizni to‘g‘ri tushunishingizga umid qilamiz!", deyilgan xabarda.

26 may kuni kompaniyaning Chilonzor 1, 2, 3, 4, 5, 6 mavzelarida yashovchi mijozlari internet xizmatlaridan foydalana olmagan. Bundan tashqari, 25 may kuni Mirzo Ulug‘bek tumanining "Yalang‘och" mavzesida hamda Mirobod tumanida shu sabab tufayli avariyaviy holat yuz bergan.