Jahon | 16:28 / 01.06.2016
7277
1 daqiqa o‘qiladi

2016 yilning 1 iyulidan Parij markaziga eski mashinalar qo‘yilmaydi

Parij shahri hokimiyati 1 iyuldan e'tiboran 1997 yilgacha davlat ro‘yxatidan o‘tgan eski mashinalar va 2000 yildan avval xarid qilingan mototsikllarda shahar markaziga kirishni taqiqladi, deb xabar qilmoqda Le Monde gazetasi.

Ushbu taqiq benzinli va dizelli avtomobillar hamda 3,5 tonnagacha bo‘lgan yengil tijorat transportlariga joriy etiladi. Bunday mashinalar shahar markaziga soat 8.00 dan 20.00gacha kirishi mumkin emas. Aytish joizki, 2001 yilgacha ishlab chiqilgan avtobus va yuk mashinalariga o‘tgan yilning sentabr oyidan boshlab Parij markaziga kirishi taqiqlangan. 

Umuman, kelgusida Parij shahri ekologik talablari keskinlashtiriladi. Shu choralar orqali shahar ma'muriyati transport vositalaridan chiqadigan zararli gazlarni kamaytirishga umid qilmoqda.