Potentsial hayot bor katta sayyora topildi
AQSh va Janubiy Koreyalik astrofiziklar qo‘shaloq yulduzlar atrofida shu kabi tizimga ega mashhur yo‘ldosh turlari ichida eng katta hisoblanuvchi ekzoplanetani topishdi. Olimlar topilgan obektda yashash sharoiti mavjudligini ham qayd etishmoqda. Tadqiqot The Astrophysical Journal nashrida chop etilgan.
Kepler-1647b osmon organining qo‘shaloq yulduz atrofida aylanish davri 1107 sutkani tashkil qiladi. U o‘z hajmi bilan Yupiterga o‘xshab ketadi va o‘z tizimidagi hayot mavjud bo‘lgan (ya'ni u yerda suyuq suv mavjud) hududda joylashgan. Kepler-1647 tizimi Oqqush yulduzi turkumidagi yerdan 3,7 ming yorug‘lik yiliga teng masofada joylashgan. Uning yoshi 4,4 milliardga teng, deb baholanmoqda (Yerdan biroz yoshroq). Tizim jismoniy hususiyatlari Quyoshni yodga soluvchi ikki yulduzdan tashkil topgan.
Kepler-1647b ekzoplanetasi Kepler koinot teleskopi yordamida tranzit metodlari bo‘yicha ochiqdir. Ilk bor Kepler-1647b 2011 yilda kuzatilgan. Biroq olingan ma'lumotlarning tekshiruv tahlili uchun uzoq yillar vaqt ketdi. Olimlar tadqiqiot o‘tkazishda davom etmoqda.