Jahon | 00:27 / 19.07.2016
5401
1 daqiqa o‘qiladi
Ozarbayjon rahbari prezident vakolati muddatlarini 7 yilgacha uzaytirishni taklif qilmoqda
Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev respublika prezidenti vakolatini 7 yilgacha uzaytirishni taklif qildi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.
Aliyev bunday taklif bildirilgan "Ozarbayjon konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida"gi referendum haqidagi akt loyihasini mamlakatning Konstitutsion sudiga yubordi.
Ma'lum qilinishicha, shuningdek, mamlakat konstitutsiyasining 100-moddasi "Ozarbayjon Respublikasi prezidenti nomzodlariga talablar"da prezidentlikka nomzod uchun yosh bilan bog‘liq cheklovlarni olib tashlash taklif qilingan.