Jahon | 15:26 / 25.09.2016
5244
2 daqiqa o‘qiladi

Trampning mehmonxonalar tarmog‘i mijozlarga beparvo munosabat tufayli jarimaga tortildi

AQSh prezidentligi uchun respublikachilar partiyasidan nomzod bo‘lmish Donald Trampga tegishli 7ta mehmonxonani birlashtirgan tarmoq ma'muriyati 50 ming dollar miqdoridagi jarima to‘lashga rozilik bergan. The New York Times nashri xabar berishicha, bunga mehmonxonalar mijozlarining shaxsiy ma'lumotlari xavfsizligiga beparvolik bilan munosabatda bo‘lingani sababligi aytilgan.

Jarima to‘lashdan tashqari, mehmonxonalar rahbariyatiga xavfsizlik siyosati bo‘yicha mavjud siyosatni o‘zgartirish majburiyati qo‘yilgan.

23 sentabr kuni Nyu-York shtati bosh prokurori Erik Shnayderman matbuot anjumanida ma'lum qilgandiki, 2015 yili bank kartalari bilan firibgarlik holatlari qayd etilgan. Natijada 70 mingga yaqin nomerda bo‘lgan mijozlarning shaxsiy ma'lumotlari va kredit kartalariga oid ma'lumotlari buzilgan.

2015 yilning oktabrida The Trump Hotel Collection kompaniyasi Nyu-York, Mayami, Chikago, Vaykiki, Las-Vegas va Torontodagi mehmonxonalarni birlashtirgan tarmoq 2014 yilning 19 mayidan 2015 yilning iyunigacha bo‘lgan muddatda mijoz bo‘lganlarning shaxsiy ma'lumotlari xavf ostida qolgani haqida ma'lum bo‘lgandi.

Mavzuga oid