19:34 / 30.10.2016
4481

Eron Saudiya Arabistoni BMTning inson huquqlari kengashiga saylanishga nomunosib deb hisoblamoqda

Foto: RIA

Saudiya Arabistonining BMT inson huquqlari kengashiga saylanishini siyosiy asoslangan deb hisoblash mumkin, chunki bu davlat bu tashkilotda ishtirok etish mezonlariga mos kelmaydi, deb aytdi Eron tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Abbos Araqchi.

28 oktabrda BMT Bosh assambleyasi kengashning yangi tarkibi uchun ovoz berdi. Saudiya Arabistoni 2017 yil 1 yanvardan unga 3 yilga kiruvchi davlatlar qatoriga kirdi. 

"Saudiya Arabistoni kabi ba'zi davlatlarning ishtiroki inson huquqlarini himoya qilishning xalqaro instrumentlari siyosiy masalalarga muvofiq ishlatilishinigina ko‘rsatadi, deb hisoblayman", deb Araqchining gaplarini keltirib o‘tdi Fars axborot agentligi.  

Araqchi Saudiya Arabistoni kengashga ayollar huquqini riqojlantirish shiori bilan kirganiga taajjub bildirdi. Uning aytishicha, qirollikda bu masalaga "eng kam e'tibor qaratiladi". Araqchi shuningdek Saudiya Arabistoni Yamanda shia isyonchilariga harbiy kampaniya olib borayotgani, buning natijasida esa tinch aholi va bolalar halok bo‘layotganini eslatib o‘tdi.  

 

Mavzuga oid
Top