Saudiya Arabistonining podşoh Salmon nomidagi insonparvarlik yordami markazi Özbekistonga beğaraz kömak sifatida 25 tonna xurmo yubordi.
«Vaqf» xayriya jamoat fondi xabariga köra, Qurbon hayiti arafasida yöllangan hadyani Saudiya Arabistonining Özbekistondagi elçisi Yusuf al-Utaybiy Özbekiston musulmonlari idorasi raisining örinbosari Zayniddin domla Eşonqulovga topşirdi.

Hadya qilingan xurmo jamğarmaning Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahridagi filiallari tomonidan ijtimoiy kömakka muhtoj, boquvçisini yöqotgan, yetim, nogironligi bor kişilar hamda «Muruvvat» uylari va şifoxonalardagi haqdor fuqarolarga tarqatiladi.

















