Jahon | 09:36 / 10.11.2016
9996
1 daqiqa o‘qiladi
AQShdagilar Rossiyaga nisbatan qo‘llanilgan sanksiyalar o‘zgarishsiz qolishini ma'lum qilishdi
AQSh Davlat departamentining rasmiy vakili Mark Tonerning aytishicha, Qo‘shma Shtatlarning Rossiyaga nisbatan qo‘llagan sanksiyalari Qrim yarimoroli Ukrainaga qaytarilmagunicha, o‘z kuchida qoladi. Bu haqda “Ukrinform” xabar bermoqda.
«Bu ma'muriyat davrida bizning pozitsiyamiz o‘zgarishsiz, o‘z kuchida qoladi. Qrimga nisbatan qo‘llanilgan sanksiya Rossiya u yerdan qo‘shinini olib chiqmaguncha va yarimorolni Ukrainaga qaytarmaguncha o‘z kuchida qoladi», — dedi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ayni damda «Minsk-2» jarayoni kuzatilmoqda.