Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abening Havayidagi Perl-Xarborga (AQSh) tashrifi Ikkinchi jahon urushi vaqtida Yaponiyaning xatti-harakatlari uchun uzr so‘rashini anglatmaydi. Bu haqda jurnalistlarga yapon hukumati bosh kotibi Yosixide Suga aytib o‘tgan.
"Mazkur tashrif uzr so‘rash uchun emas, balki qurbonlarni xotirlash uchundir", — deb uning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda “Kiodo” agentligi.
Yaponiya bosh vazirining Havayiga ilk tashrifi 26-27 dekabr kunlari bo‘lib o‘tishi mumkin.