Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi va Yaponiyaning Haneda Turtle Service kompaniyasi rahbariyati örtasida uçraşuv taşkil etildi.
Uçraşuvda dastlab Özbekistonda mehnat migratsiyasini tartibga soliş böyiça mavjud tizim, agentlik faoliyati, migratsiya geografiyasini kengaytiriş, bu borada Yaponiya bilan amalga oşirilayotgan işlar haqida ma’lumot berildi.
Şundan söng, texnik stajyorlik va maxsus malakali işçi dasturlari doirasida Özbekiston fuqarolari logistika, aeroport xizmati va yuk taşiş yönalişlarida işga jalb qiliş masalalari muhokama qilindi.
Uçraşuv yakunida agentlik va Haneda Turtle Service kompaniyasi örtasida mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik töğrisidagi memorandum imzolandi.








