Jamiyat | 23:30 / 03.01.2017
10557
1 daqiqa o‘qiladi
Respublika byudjyetiga ko‘proq kompensatsiya to‘lovlari tushadigan bo‘ldi
O‘zbekistonda atrof tabiiy muhitni ifloslantirganlikka kompensatsion to‘lovlarni tabiatni qo‘riqlash mahalliy jamg‘armalari va respublika byudjyeti o‘rtasida taqsimlash tartibi o‘zgartirildi.
Endi to‘lovlarning 20 foizi tabiatni qo‘riqlash mahalliy jamg‘armalariga, 80 foizi esa respublika byudjyetiga o‘tkaziladi. Avval bu nisbat mos ravishda 40 foizga 60 foiz bo‘lgandi.
Bundan tashqari, kompensatsion to‘lovlarning yangi stavkalari tasdiqlandi.