O‘zbekiston va Qozog‘iston temiryo‘lchilari o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish masalasini muhokama qildi
22 fevral kuni Toshkentda O‘zbekiston va Qozog‘iston hukumatlararo komissiyasining 16-yig‘ilishi oldidan «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ rahbariyati va «Qazaqstan temіr joli» MK» prezidenti Kanat Alpisbayev o‘rtasida muzokaralar o‘tkazildi. Bu haqda «Qazaqstan temіr joli» MK» matbuot xizmati xabar tarqatgan.
Unda temir yo‘l trasporti sohasidagi o‘zaro harakatlarni rivojlantirish masalalari muhokama qilingan. 2016 yilda O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi temir yo‘l transporti orqali yuklarni tashish bo‘yicha ijobiy o‘sish dinamikasi qayd etildi. Tashuvlar hajmi 19 million tonnani tashkil etdi. Uchrashuvda yuk tashishlarni oshirish uchun ixcham tarif siyosatini o‘tkazish masalalari muhokama etildi.
Shuningdek Qozog‘iston don va unini eksport, Qozog‘istonning 45 futli muzxonali konteynerlarida yuklar, Qozog‘iston Respublikasi hududi bo‘ylab o‘zbek meva-sabzavot va boshqa qishloq xo‘jalik turlarini tranzit tashuvlari tariflari uchun chegirmalar taqdim etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Tomonlar Aqtou va Quriq portlari orqali Transkaspiy xalqaro transport yo‘nalishi bo‘ylab o‘zbek eksport va import tashuvlarini tashkil etish imkoniyatini muhokama qilishdi. «QTJ – Yuk tashuvlar» va «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ o‘rtasidagi muzokaralar yakuniga ko‘ra Qozog‘iston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan yuklar haqida elektron ma'lumot almashish bo‘yicha Kelishuv imzolandi.
Mavzuga oid
08:50 / 12.10.2024
«2025 yilda energotariflar islohotining asosiy bosqichi yakunlanadi» - bosh vazir o‘rinbosari
21:05 / 30.09.2024
Yuqori tezlikdagi va tezyurar poyezdlarda yo‘lovchi tashish xizmati tariflari erkinlashtiriladi
18:48 / 28.09.2024
Xitoydan Qirg‘iziston orqali o‘tadigan temir yo‘lning O‘zbekistondagi qismi qachon qurilishi ma’lum bo‘ldi
19:06 / 23.08.2024