O‘zbekiston | 13:40 / 20.03.2017
5425
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilganining 25 yilligi nishonlanmoqda

O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilganiga 25 yil bo‘ldi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston TIV va Rossiya TIV o‘zaro tabrik almashgan.

"O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilganining 25 yilligi munosabati bilan eng samimiy tabriklarim va iliq tilaklarimni qabul qilgaysiz.

O‘tgan chorak asr davomida mamlakatlarimiz ikki tomonlama aloqalarning deyarli barcha muhim sohalarida, shuningdek xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar yo‘nalishi bo‘yicha o‘zaro manfaatli hamkorlik o‘rnatdi.

O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida savdo-iqtisodiy, harbiy-siyosiy va gumanitar sohalardagi aloqalarning dinamik rivojlanishi hamda strategik hamkorlikning chuqurlashuvi Markaziy Osiyoda barqarorlik va xavfsizlikni ta'minlashga xizmat qilishi haqidagi fikringizga qo‘shilaman.

Ijozatingiz bilan yana bir bor Sizga o‘z minnatdorchiligimni bildirib, Siz, hurmatli Sergey Viktorovich, va Siz orqali butun Rossiya Tashqi ishlar vazirligi jamoasiga farovonlik va yangi muvaffaqiyatlar tilayman", deyilgan O‘zbekiston TIV rahbari Abdulaziz Komilov tabrigida.

Mavzuga oid