Dunyoda 2 mlrd kishi iflos suv ichmoqda
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma'lumotlariga ko‘ra, dunyoda deyarli 2 mlrd kishi najas bilan ifloslangan suvni ichishga majbur bo‘lmoqda. Bu haqda tashkilot saytida chop etilgan xabarda ma'lum qilingan.
Ifloslangan suvning iste'mol qilinishi har yili 500 ming kishining diareyadan vafot etishiga olib keladi hamda vabo, poliomiyelit, terlama, dizenteriya, traxoma bilan kasallanish hamda shistosoma va gijjalar kabi parazitlar bilan zararlanishi xavfini ko‘p karra oshiradi. 2015 yilda BMT Bosh assambleyasi barcha uchun sanitariyani ta'minlash va suv zaxiralaridan oqilona foydalanishni o‘z ichiga oluvchi Barqaror rivojlanish maqsadlarini qabul qilgan. Biroq, oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, amalda hamma davlatlar ham bu maqsadga erishish uchun choralar ko‘rmayaptilar.
Suv, sanitariya va gigiyenaga ajratiladigan yillik byudjyet oxirgi 3 yil ichida o‘rtacha 4,9 foizga oshgan bo‘lsa-da, 80 foiz davlatda milliy darajada yaxshilanishlarni o‘tkazish uchun mablag‘ yetmaydi. Bunda ko‘pchilik rivojlanayotgan davlatlardagi infratuzilma aholiga xavfsiz va ishonchli xizmatlar ko‘rsatadigan darajada mukammal emas.
Mutaxassislarning ta'kidlashicha, suv va sanitariyaga ega bo‘lishni moliyalashtirish insonlar sog‘lig‘i va rivojlanishga ijobiy ta'sir qiladi hamda yangi ish o‘rinlari yaratishga imkon beradi.
Mavzuga oid
13:56 / 14.10.2024
Ozarboyjonda suv resurslaridan oqilona foydalanish bo‘yicha milliy strategiya qabul qilindi
14:37 / 31.07.2024
Qo‘yliqdagi ovqat bozori faoliyati to‘xtatildi
16:43 / 06.07.2024
Suv o‘lchaydigan ibtidoiy “innovatsiya” – “O‘zsuvta’minot” Navoiyda suvni isrof qilmoqda
19:10 / 28.06.2024