O‘zbekiston | 15:25 / 15.04.2017
16567
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Prezidentning Samarqand viloyatidagi Xalq qabulxonasini borib ko‘rdi

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Samarqand viloyatidagi Xalq qabulxonasini borib ko‘rdi. Fuqarolar va xodimlar uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi, deb xabar bermoqda O‘zA.

Ushbu qabulxonada ish jarayoni zamonaviy axborot texnologiyalari asosida yo‘lga qo‘yilgan. Fuqarolarni qabul qilish, murojaatlarni ko‘rib chiqish va hal etish uchun zarur qulayliklar yaratilgan. Qabulxona Samarqand shahri, Dahbed ko‘chasi, 32-uyda joylashgan. 

Prezident Xalq qabulxonalari xalq bilan muloqot uchun erkinlik va qulaylik yaratgani, endi asosiy e'tiborni odamlarni rozi qilishga qaratish zarurligini ta'kidladi. 

Mavzuga oid