Samarqandda bojxona nazoratidan jangovar öq-dori olib ötişga uringan Turkiya fuqarosiga hukm öqildi. Kun.uz sud hujjati bilan tanişdi.
Hukmda keltirilişiça, 2000 yilda tuğilgan Ibo Yusuf “Turkish Airlines” aviakompaniyasi ekipaj a’zosi bölgan. U 2024 yil 19 noyabr kuni Turkiyaning Istanbul şahrida 1 dona “24 SAR P9” nomli jangovar öq-dorini olib, özining qöl sumkasida saqlab kelgan.
Ibo Yusuf 2024 yil 24 noyabr kuni “Istanbul-Samarqand” yönalişi böyiça harakatlanib, Turkiyadan Samarqand şahriga kelgan hamda jangovar öq-dorini kontrabanda kiliş yöli bilan bojxona nazoratidan yaşirib olib ötayotganida çegara bojxona posti xodimlari tomonidan töxtatib qolingan.
Jangovar öqdori aşyoviy dalil tariqasida aniqlanib, tegişli tartibda hujjatlaştirib olingan. Sud-kimyoviy ekspertizasi 9 mm kalibrli patron jangovar öq-dori turiga kirişi, zavod usulida işlab çiqarilgani hamda “Yargina” (Graç) va “Glok” rusumli qurollarida otiş uçun yaroqli ekani haqida xulosa bergan.
Ibo Yusuf sudda aybiga töliq iqrorlik bildirgan va 10 dona öq-dorini poligonda işlatiş uçun sotib olganini, şundan bir donasi sumkasida qolib ketganini, bundan bexabar bölganini bildirgan.
Sud hukmi bilan Ibo Yusuf Jinoyat kodeksining 246-moddasi (kontrabanda) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilişda aybli deb topilgan. Unga Jinoyat kodeksining 57-moddasi qöllanib, BHMning 100 baravari miqdorida (37,5 mln söm) jarima jazosi tayinlangan.













