Jahon | 21:49 / 02.05.2017
4314
1 daqiqa o‘qiladi
Putin va Merkel Minsk kelishuvlari amalga oshirilishi oqsayotganini qayd qilishdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Germaniya kansleri Angela Merkel Minsk kelishuvlari amalga oshirilishi oqsayotganini qayd qilishdi. Bu haqda Putin matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma'lum qildi.
"Ukraina syujyetiga ko‘p e'tibor qaratildi, Minsk kelishuvlari amalga oshirilishi oqsayotgani qayd qilindi", deb ma'lum qildi Peskov.
Uning aytishicha, Putin va Merkel kelishuvlarga yangi turtki berish zarurligi haqidagi fikrga kelishdi.
Peskovning aytishicha, oqsashning sababi ko‘p jihatdan Kiyevning kelishuv bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishda oldinga siljiy olmayotgani bo‘lmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2 may kuni Putin Sochida Merkel bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Mavzuga oid
21:54 / 24.10.2024
Putin Rossiyadagi KXDR harbiylari haqida ilk bor gapirdi
20:30 / 22.10.2024
Rossiyada BRICS sammiti boshlandi – uning ishtirokchilari, maqsadi va rejalari haqida
11:50 / 22.10.2024
Putin Yaqin Sharqdagi vaziyatni «juda murakkab» deb atadi
21:00 / 21.10.2024