O‘zbekiston | 18:59 / 21.06.2017
5916
4 daqiqa o‘qiladi

Yevgeniy Sisoyev: Kibermaydonlar xalqaro terrorchi tashkilotlarning o‘z maqsadlariga erishish uchun qulay imkoniyatlar yaratmoqda

Yevgeniy Sisoyev. Foto: Xalqaro press-klub

Mintaqaviy aksilterror tuzilma (MAAT) Ijroiya qo‘mitasi direktori Yevgeniy Sisoyevning so‘zlariga ko‘ra, MAAT O‘zbekiston bilan o‘zaro ishonch va yordamga asoslangan aloqalarni o‘rnatgan. Bugun Xalqaro Press-klubda bo‘lib o‘tgan ko‘p tomonlama hamkorlik masalalariga bag‘ishlangan navbatdagi yig‘ilishda shu haqda ma'lum qilindi. Tadbirda qatnashgan "Kun.uz" muxbiri shu haqda xabar berdi. 

"Mintaqaviy aksilterror tuzilma  Ijroiya qo‘mitasi tashkil etilganiga 13,5 yil bo‘ldi. Biz O‘zbekistonning mehmondo‘st zaminidagi faoliyatimizni 2004 yilning 1 yanvaridan boshlaganmiz. O‘zbek hamkasblarimizning g‘amxo‘r patronaji ostida o‘tgan yillar ichida Toshkentda rivojlanish bo‘yicha ancha ishlar qilindi, o‘z tarkibida olti mamlakatning maxsus organlarini birlashtiruvchi ajoyib tuzilma 9 iyun kuni sakkiztaga ko‘paydi. 

Ta'kidlash joizki, bu vaqt ichida juda ko‘p ishlar qilindi. Biz xalqaro huquqiy baza normativi, shakl va usullar, o‘zaro hamkorlik mexanizmini ishlab chiqdik. Mening nuqtai nazarimga ko‘ra, yana bir muhim jihatlardan biri biz o‘zaro ishonch va yordamga asoslangan  aloqalarni o‘rnatdik", - deydi Sisoyev. 

Shuningdek u Mintaqaviy aksilterror tuzilmasining  faoliyati so‘nggi yillarda an'anaviy kechayotgani, davlat rahbarlari nazorati ostida ekani hamda so‘nggi sammitlar doirasida tashkilot faoliyatiga ijobiy baholar berilayotganini qayd etdi. 

"Bizning faoliyatimiz samarali deya baholanmoqda. Har qanday samarali tuzilma kabi MAATga nisbatan ham "yana qandaydir qo‘shimcha vazifa va muammolarni hal qila oladimi, qo‘shimcha vakolatlar berish kerakmikan" degan savol va takliflar paydo bo‘ladi. Bunday takliflar avval ham XXR, RF tomonidan MAATni terrorizm, uyushgan jinoyatchilik, narkotrafikka qarshi kurashuvchi ko‘p tarmoqli markazga aylantirish taklifi berilgan. Biroq bu takliflar o‘shanda kontseptual jihatdan qo‘llab-quvvatlanmagandi. Shavkat Mirziyoyevning ShHTda bildirgan taklifi ham aynan shu tendensiya (MAATni qanday va qaysi yo‘nalishda rivojlantirish va qanday qo‘shimcha masalalarni hal qilishi mumkin)ga asoslanadi", - deydi MAAT rahbari. 

Bundan tashqari Yevgeniy Sisoyev zamonaviy tahdidlar sharoitida asosiy masalalardan biri axborot xavfsizligi, kiberxavfsizlik masalasi ekanini ta'kidladi. 

"Kibermaydonlar xalqaro terrorchi tashkilotlar a'zolarining o‘z maqsadlariga erishish uchun qulay imkoniyatlar yaratmoqda. Bu yo‘nalishda ko‘p ishlarni amalga oshiryapmiz, bu borada hamkorlik chora-tadbirlari ishlab chiqilgan. Biz terrorchilikka qarshilik qilish maqsadida aksilterror o‘quv mashqlarini o‘tkazyapmiz. Xitoy tomon bu masalalarga katta e'tibor qaratmoqda va ko‘plab qiziq takliflar kiritmoqda. Aprel oyida Shanxayda ajoyib seminar bo‘lib o‘tdi. Unda kiberterrorizm masalasiga bag‘ishlangan uchrashuvlar o‘tkazildi. Bu mazmunda janob Mirziyoyevning takliflari juda o‘rinli", - qo‘shimcha qildi Ye.Sisoyev. 

Mavzuga oid