O‘zbekiston | 19:44 / 20.07.2017
4824
1 daqiqa o‘qiladi

Lyuksemburgda O‘zbekiston delegatsiyasi Yevropa investitsiya banki ekspertlari bilan uchrashdi

2017 yilning 19 iyul kuni Lyuksemburg shahrida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi delegatsiyasi Yevropa investitsiya bankining (YeIB) ekspertlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Mazkur bank bosh qarorgohida bo‘lib o‘tgan muzokaralarda YeIBning O‘zbekiston hududida faoliyat yuritishi to‘g‘risidagi Hadli bitim loyihasi muhokama qilindi.

Suhbat chog‘ida ta'kidlanganidek, joriy yilning 10 va 12 iyulida Bank va O‘zbekiston vakolatli idoralarining ekspertlari o‘rtasida o‘tkazilgan telekonferensiyalar yakuni natijasida Bitim loyihasi matni bo‘yicha sezilarli siljishga erishildi.

Uchrashuvda ikki tomon ekspertlari hujjat loyihasini ma'qulladilar va Bitimni tez fursatda imzolash bo‘yicha ichki davlat tartibotlarini yakunlash to‘g‘risida kelishuvga erishdilar.

Mavzuga oid