O‘zbekiston | 22:00 / 24.07.2017
27766
8 daqiqa o‘qiladi

Xorijiy davlatlar rahbarlari Shavkat Mirziyoyevni tavallud ayyomi bilan muborakbod etishdi

2017 yil 24 iyul kuni xorijiy davlatlar va hukumatlar rahbarlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladilar.

Ma'lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan dunyoning ko‘plab davlatlari rahbarlari o‘rtasida nafaqat rasmiy, balki shaxsiy do‘stlik munosabatlari ham o‘rnatilgan. Davlatimiz rahbari nomiga kelgan tabriklarda ham bu o‘z tasdig‘ini topgan, deb yozadi O‘zA.

Kartinki po zaprosu si tszinpin shavkat mirziyoyev site:kun.uz

Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Jinping tabrigida bunday deyilgan: «Sizga tug‘ilgan kuningiz munosabati bilan o‘zimning samimiy tabriklarim va ezgu tilaklarimni bildirish menga katta mamnuniyat bag‘ishlaydi».

«Xitoy va O‘zbekiston munosabatlarini rivojlantirishga muhim ahamiyat qarataman, mamlakatlarimiz va xalqlarimiz farovonligi yo‘lida Xitoy bilan O‘zbekiston o‘rtasidagi har tomonlama strategik sheriklikni birgalikda rivojlantirish va mustahkamlash maqsadida Siz bilan yaqin hamkorlikni davom ettirishga tayyorman», deb ta'kidlagan Xitoy rahbari.

Kartinki po zaprosu vladimir putin shavkat mirziyoyev site:kun.uz

Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin Prezidentimizni 60 yoshi bilan telefon orqali samimiy tabriklab, mustahkam sog‘lik, davlat rahbari sifatidagi faoliyatida muvaffaqiyatlar, O‘zbekiston xalqiga tinchlik, farovonlik va ravnaq tilagan.

O‘zbekiston va Rossiya Prezidentlari oliy darajadagi muntazam uchrashuvlar xalqlarimiz o‘rtasidagi aloqalar tarixida yangi sahifani boshlab berganini, ikki mamlakatning o‘zaro do‘stona va ishonchli munosabatlari, ittifoqchilik va strategik sheriklikni rivojlantirish uchun mustahkam asos yaratganini mamnuniyat bilan ta'kidladilar.

Prezidentlar uchrashuvlar chog‘ida imzolangan hujjatlar va erishilgan kelishuvlarni izchil amalga oshirish O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlik ko‘lamini kengaytirishga xizmat qilishiga ishonch bildirdilar.

Kartinki po zaprosu Gurbanguli Berdimuhamedov shavkat mirziyoyev site:kun.uz

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov telefon orqali muloqotda Shavkat Mirziyoyevni yubileyi bilan samimiy muborakbod etib, ezgu tilaklar izhor etgan, 2017 yilning birinchi yarmi qardosh mamlakatlarimiz va xalqlarimiz o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash va rivojlantirish borasida voqealarga boy va samarali bo‘lganini ta'kidlagan.

Shu yilning mart va may oylarida ikki mamlakat Prezidentlarining samarali uchrashuv va muzokaralari yakunlari, shuningdek, turli vazirlik va xo‘jalik sub'yektlari rahbarlari o‘rtasidagi izchil aloqalar siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda O‘zbekiston bilan Turkmaniston o‘rtasidagi muloqotni rivojlantirishga yangi ruh, yangi mazmun va yangi quvvat bag‘ishladi.

Kartinki po zaprosu Nursulton Nazarboyev  shavkat mirziyoyev site:kun.uz

Qozog‘iston Respublikasi prezidenti Nursulton Nazarboyev telefon orqali muloqot chog‘ida Shavkat Mirziyoyevni yubileyi bilan samimiy tabriklab, davlat rahbari sifatidagi faoliyatida yangi muvaffaqiyatlar tilagan.

Tomonlar mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va yaqin qo‘shnichilik munosabatlari ko‘p asrlik umumiy tariximiz, madaniyatimiz, tilimiz, an'ana va urf-odatlarimiz yaqinligi asosida muvaffaqiyatli va samarali rivojlanayotganini yuksak mamnuniyat bilan qayd etdilar.

Davlat rahbarlari suhbat chog‘ida mamlakatlarimiz ko‘plab sohalardagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni faol rivojlantirishga tayyor ekanini turli darajadagi izchil aloqalar tasdiqlashini ta'kidladilar.

Kartinki po zaprosu Imomali Rahmon  shavkat mirziyoyev site:kun.uz

Tojikiston Respublikasi prezidenti Imomali Rahmon telefon orqali suhbatda keyingi paytlarda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlar jadal rivojlanib borayotgani va mavjud masalalar azaliy do‘stlik, an'anaviy yaqin qo‘shnichilik tamoyillari asosida va manfaatlar inobatga olingan holda izchil hal etilayotgani bilan ajralib turishini ta'kidlagan.

Savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, transport-tranzit sohasidagi aloqalarni rivojlantirish borasida aniq maqsadli ishlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston korxonalari mahsulotlarining Dushanbeda o‘tkazilgan ko‘rgazmasi va ikki mamlakat ishbilarmon doiralari, madaniyat va san'at vakillari ishtirokidagi qator forumlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishda yangi imkoniyatlarni ochib berdi.

O‘zbekiston va Tojikiston rahbarlari yangi sharoitlarni inobatga olgan holda, o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish va chuqurlashtirishga tayyor ekanini ta'kidladilar.

Kartinki po zaprosu Almazbek Atamboyev  shavkat mirziyoyev site:kun.uz

Qirg‘iziston Respublikasi prezidenti Almazbek Atamboyev telefon orqali muloqotda Shavkat Mirziyoyevni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi, O‘zbekiston Prezidentining xalqlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashga qo‘shayotgan ulkan hissasini Qirg‘izistonda yuksak qadrlashini ta'kidlab, mamlakatlarimiz o‘rtasida o‘zaro qo‘llab-quvvatlash va tushunishga asoslangan ko‘p asrlik munosabatlar bundan buyon ham manfaatli hamkorlik asosida yanada rivojlanishiga qat'iy ishonch bildirgan.

 

Ozarboyjon Respublikasi prezidenti Ilhom Aliyevning tabrigida bunday deyilgan: «Sizni muhim sana – 60 yillik yubileyingiz bilan samimiy muborakbod etaman va o‘zimning ezgu tilaklarimni yo‘llayman».

«Ozarboyjon va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlik va do‘stlik ma'naviy qadriyatlari mushtarak ikki qardosh xalqning xohish-irodasiga asoslangan. Bugun davlatlarimiz o‘rtasida mustahkam asosda yo‘lga qo‘yilgan munosabatlar alohida ahamiyatga ega», deb ta'kidlagan Ozarboyjon rahbari.

Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenkoning tabrigida bunday deyilgan: «Sizni Belarusda fuqarolari har tomonlama qo‘llab-quvvatlaydigan, jonajon mamlakati farovonligini ta'minlash, uning iqtisodiy qudrati, xalqaro maydondagi obro‘sini, jamiyatda tinchlik va totuvlikni mustahkamlash uchun kuch va imkoniyatlarini ayamaydigan tajribali va dono davlat arbobi sifatida biladi».

Belarus rahbari «ikki tomonlama muloqotni faollashtirish Belarus va O‘zbekiston manfaatlariga mos kelishi va xalqlarimiz o‘rtasidagi an'anaviy mustahkam do‘stlik va o‘zaro anglashuv asosida serqirra sheriklikni yanada chuqurlashtirishga xizmat qilishi»ga ishonch bildirgan.

Ukraina Prezidenti Pyotr Poroshenko tabrigida «Sizning rahbarligingizda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi doirasida muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgan islohotlar mustaqil O‘zbekiston taraqqiyotida yangi bosqich bo‘ladi. Davlatni izchillik bilan modernizatsiya qilish mamlakatingizning xalqaro obro‘sini yanada mustahkamlash va mehnatkash xalqingiz farovonligini oshirishga xizmat qilmoqda», deb ta'kidlagan.

«Ukraina va O‘zbekiston o‘rtasidagi amaliy muloqotni jadal rivojlantirishga har ikki tomonning tayyor ekani xalqlarimiz farovonligi yo‘lida do‘stlik va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga xizmat qiladi. Fursatdan foydalanib, o‘zingizga qulay vaqtda Ukrainaga tashrif buyurishingizni taklif etaman», deb qayd etgan Ukraina rahbari.

Bolgariya Respublikasi Prezidenti Ramen Radev o‘z tabrigida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini 60 yillik yubileyi bilan samimiy tabriklab, ezgu tilaklarini yo‘llagan.

«Qulay fursatdan foydalanib, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlik va an'anaviy do‘stlik munosabatlari umumiy sa'y-harakatlar bilan xalqlarimiz farovonligi uchun yanada rivojlanishi va boyishiga ishonaman», deb ta'kidlagan Bolgariya Prezidenti.

Kartinki po zaprosu Dmitriy Medvedev shavkat mirziyoyev site:kun.uz

Rossiya Federatsiyasi hukumati raisi Dmitriy Medvedev O‘zbekiston Prezidentini 60 yoshi bilan Rossiya hukumati va shaxsan o‘z nomidan samimiy tabriklagan.

«O‘zbekistonda Sizning rahbarligingizda milliy iqtisodiyot salohiyatini to‘liq ochib beradigan va yetakchi xalqaro sheriklar bilan o‘zaro savdo-iqtisodiy va investitsion hamkorlikni sifat jihatidan yangi darajaga olib chiqadigan keng ko‘lamli davlat dasturlari hayotga tatbiq etilmoqda», deb ta'kidlagan Rossiya hukumati rahbari.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar va hukumatlar, parlamentlar rahbarlari, taniqli siyosiy arboblar, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarning rahbarlari, fuqarolardan samimiy tabriklar kelishi davom etmoqda.

Mavzuga oid