O‘zbekistonda sifatli va hamyonbop metall konstruksiyalarni ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi "HAKIM METALL STROY" mas'uliyati cheklangan jamiyati barchani qo‘shaloq ayyom - O‘zbekiston mustaqilligining 26 yilligi hamda Qurbon hayiti bilan tabriklaydi. Mazkur bayramlar yurtimizga farovonlik, xonadonlarga xotirjamlik, fayz-u baraka olib kelsin. Barcha O‘zbekiston ahliga sihat-salomatlik, ko‘tarinki kayfiyat va unutilmas onlarni tilab qolamiz.
"HAKIM METALL STROY" MChJ
"HAKIM METALL STROY" MChJ kislovod va boshqa har xil modullar, angarlarni montaj va demontaj qilish ishlarini bajaradi. Buyurtmaga ko‘ra, metall konstruksiyalar ishlab chiqaradi, sotadi va sotib oladi.
Omborlardagi konstruksiyalarning xilma-xilligi evaziga metall konstruksiyalarni bozor narxidan arzon va kelishilgan narxlarda, yuqori sifatda bajarib beradi.
Metall konstruksiya - o‘ziga xos konstruktor bo‘lib, undan qurilayotgan bino yoki inshootning karkasi yig‘iladi. Qoidaga asosan, bunday metall konstruksiyaning o‘z funksiyalari va asosiy vazifalari mavjud. Metall konstruksiyani o‘rnatish jarayoni professional darajada o‘tishi uchun katta tajriba va ko‘nikmaga ega bo‘lish zarur.
Metall konstruksiya ishlari qanday amalga oshiriladi?
Har qanday loyihani amalga oshirishdan avval qurilish va montaj ishlari ketadigan joyni tekshirish kerak bo‘ladi. Keyin esa loyihani hujjatlashtirish lozim. Avvaliga muhandislar boshlang‘ich eskizlar ustida ish boshlashadi. Keyin esa buyurtmachi yoki arxitektor bilan kelishuv ishlari amalga oshiriladi. Agar ijobiy javob olinsa, ish hujjatlarini yaratish mumkin. Shuningdek, barcha moliyaviy jihatlarni hisobga olgan holda smeta (qurilishga ketadigan xarajatlar ro‘yxati) tuziladi.
Nima uchun metall konstruksiya?
Metall konstruksiyalar o‘lchami, tayyorlanish usuli, konfiguratsiyasi va qo‘llanilishi jihatidan farqlanadi. Metall konstruksiyalar, shuningdek, temir-beton konstruksiyalarga qaraganda qator ustun jihatlarga ham ega:
* ularning vazni yengilligi,
* montaj hamda demontaj ishlarining qulayligi,
* quruvchilarga tashishning osonligi,
* tezlik bilan tiklash imkoniyati.
Qayerda qo‘llanilmoqda?
Hozirda, aynan shunday konstruksiyalardan yirik savdo markazlari hamda qisqa muddatlarda qurilishi talab qilingan ko‘plab binolar barpo qilinmoqda.
Yangi imorat qurishda ishonchli hamkor izlayotgan bo‘lsangiz, yuqori sifatli metall konstruksiyalar ishlab chiqaruvchi "HAKIM METALL STROY" kompaniyasiga murojaat qiling.
Telefon: +998 90 907-09-52, +998 94 653-17-90 +998 99 887-09-52
Reklama huquqi asosida