Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Tolibon» harakati O‘zbekiston xalqi va rahbariyatini Mustaqillik bayrami bilan tabrikladi
“Tolibon” harakati O‘zbekiston xalqi va rahbariyatini Mustaqillik bayrami bilan qutladi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi xabarida aytilgan.
Qayd etilishicha, Afg‘oniston Islom Amirligi muzokaralar guruhi a'zosi va “Tolibon” harakati siyosiy idorasi matbuot kotibi Muhammad Suhayl Shahin O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligiga O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan o‘z rahbariyati nomidan tabrik maktubi yo‘llagan.
“Birodar O‘zbekiston Respublikasi rahbariyati va xalqini Mustaqillik bayrami bilan samimiy tabriklaymiz. Biz qo‘shni O‘zbekiston bilan samarali va do‘stona munosabatlar o‘rnatishni xohlaymiz. O‘zbekiston ishtirokida Afg‘onistonda infratuzilma loyihalarini amalga oshirish, xususan, temir yo‘l va elektr uzatish tarmoqlarini qurishni davom ettirishdan manfaatdorligimizni tasdiqlaymiz”, deyiladi maktubda.
Bildirilishicha, Afg‘oniston Islom Amirligi tomonidan o‘zbek sheriklarga bu yo‘nalishda barcha zarur yordam ko‘rsatiladi.
Mavzuga oid
09:15
Belgiya «Tolibon» vakillariga viza berdi
18:19 / 22.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida aviaqatnovlar soni oshiriladi
09:05 / 17.06.2026
Afg‘onistondan olib kirilgan 37,6 kg giyohvandlik vositalari fosh etildi
10:50 / 12.06.2026