O‘zbekiston | 11:40 / 10.11.2017
23281
6 daqiqa o‘qiladi

Banklarda kassa ishini tashkil etishga doir yo‘riqnomaga o‘zgartirishlar kiritildi

Foto: KUN.UZ

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining qarori bilan tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, inkassatsiya va qimmatliklarni tashishga doir yo‘riqnomaga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritildi.

Yo‘riqnomaga kiritilayotgan o‘zgartirishlar va qo‘shimchaga ko‘ra: 

1.48-band quyidagi tahrirda bayon etiladi:

“48. Kassir qiymatiga qarab saralangan to‘lovga yaroqli pullarni alohida hamda eskirgan pullarni alohida dastalaydi va o‘rab-bog‘laydi. Eskirgan pullar dastasidagi har bir banderolga va ustki nakladkaning o‘ng tarafi yuqori burchagiga bank nomi, uning kodi, kassirning familiyasi va ism sharifi ko‘rsatilgan “Eskirgan" yozuvli to‘rtburchak muhr bosilishi shart.

Eskirgan toifasidagi pul bog‘lamlarini yaroqli pul bog‘lamlaridan ajralib turishi uchun diagonal ravishda eni 10 mm. qizil yo‘lli chiziq chizilgan ustki nakladkalardan foydalanilishi lozim. Eskirgan toifasidagi pullarni qayta muomalaga chiqib ketishiga yo‘l qo‘yilmaydi hamda eskirgan pul bog‘lamiga muhrini bosgan kassir shaxsan javobgar hisoblanadi.”.

2.  50-bandning ikkinchi xatboshisidagi “10000 so‘mlik uchun - eni 15 mm. bo‘lgan ikkita yashil yo‘lli” degan so‘zlardan keyin “, 50000 so‘mlik uchun - eni 15 mm. bo‘lgan ikkita ko‘k yo‘lli” degan so‘zlar bilan to‘ldirildi.

3.  54-banddan ikkinchi jumla chiqarib tashlandi.

4.  57-banddagi “va 10000 so‘mliklar” degan so‘zlar “, 10000 va 50000 so‘mliklar” degan so‘zlar bilan almashtirildi.

5.  239-bandining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etiladi:

“239. Bank tomonidan bank sirini tashkil etuvchi ma'lumotlarni, shu jumladan kassa hujjatlarini O‘zbekiston Respublikasining “Bank siri to‘g‘risida”gi Qonunida ko‘zda tutilgan asoslar bo‘lgan taqdirda sudga, prokuratura, tergov va surishtiruv organlariga, shuningdek davlat ijrochisiga taqdim etish yopiq va muhrlangan konvertda yoki axborot tizimi orqali elektron hujjat tarzida himoyalangan aloqa kanallari vositasida amalga oshirilishi mumkin”.

6.  266-band quyidagi tahrirda bayon etiladi:

“266. Daftar va alohida varaq ko‘rinishdagi, qat'iy hisobda turuvchi barcha blankalar Tijorat banklarida jismoniy shaxslar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga (2017 yil 6 noyabr) asosan qo‘llaniladigan 09002 Valyuta ayirboshlash shoxobchalari orqali valyuta va yo‘l cheklarini sotib olishda beriladigan ma'lumotnoma sertifikati, 09004 Valyuta va yo‘l cheklarini inkassoga qabul qilish to‘g‘risidagi kvitansiya, 09005 - “Valyuta va yo‘l cheklarini ekspertizaga qabul qilishda ishlatiladigan kvitansiya, 09006 Naqd chet el valyutasini xorijga olib chiqishda beriladigan ruxsatnoma, 09007 Valyuta va yo‘l cheklarini sotishda to‘ldiriladigan ma'lumotnoma, 09012 Shikastlangan valyutalarni yaroqligiga almashtirishda to‘ldiriladigan kvitansiya va 09015 Yo‘l cheklarini naqd xorijiy valyutaga almashtirib olishda ishlatiladigan kvitansiya kitobchasi 50 varaqdan iborat bo‘lishi shart va u to‘ldirilganda, qora qog‘oz orqali ikki nusxada to‘ldirilishi munosabati bilan daftarchalar 25 so‘m qiymatida baholanadi. Ularning har biri, daftarcha yoki har bir varaq bo‘yicha shartli ravishda bir so‘mga, saqlash uchun qabul qilingan aksiya, veksel, jismoniy shaxslar uchun chiqarilgan depozit sertifikatlari va Markaziy bank tomonidan chiqarilgan obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlar o‘z nominal qiymati bo‘yicha baholanib, 93609 “Saqlanayotgan qimmatbaho buyumlar” hisobvarag‘ida hisobga olinadi.”

7.  325-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etiladi:

”Bank (bank filiali) tomonidan bank binosida va binosidan tashqarida tashkil etilgan hamda qanday nomlanishidan qat'i nazar, bank amaliyot kuniga ulangan barcha omonat (jamg‘arma) kassalari va minibank kassalari, turli kommunal va boshqa to‘lovlarni qabul qiluvchi kassalar, pul o‘tkazmalari shoxobchalari uchun ushbu bobdagi talablar bir xil tartibda qo‘llaniladi (xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar huzuridagi bankning maxsus kassalari bundan mustasno). Valyuta ayirboshlash shoxobchalari (kassalari) binolariga talablar va ish tartibi Tijorat banklarida jismoniy shaxslar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga (2017 yil 6 noyabr) muvofiq belgilanadi.".

8.  343-bandda:

ikkinchi xatboshi chiqarib tashlandi;

uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar tegishli ravishda ikkinchi va uchinchi xatboshilar deb hisoblanadi;

ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etiladi:

“Pensiya va nafaqa pullarini tarqatish maqsadida boshqa banklardan naqd pullarni olish va Xalq banki filiallariga yetkazish faqat O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining hududiy Bosh boshqarmalari farmoyishlariga asosan amalga oshirilishi lozim.”

9.  375-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etiladi:

“Banklarda ochilgan “22632 - “Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘linmalari tomonidan Pensiya va nafaqalarni naqd pulda to‘lash uchun moliyalashtirilgan kompensatsiya va boshqa to‘lovlar uchun mablag‘lar” hisobvarag‘iga moliyalashgan pensiya va nafaqani to‘lash uchun naqd pul mablag‘lari Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmasi farmoyishiga asosan inkassatsiya xizmati orqali Xalq bankining tegishli filiallariga yetkazib beriladi.”.

10.  1-ilovaning 5-bandidagi “10000” raqami “50000” raqami bilan almashtirildi.

Mavzuga oid