O‘zbekiston | 19:25 / 21.11.2017
7462
3 daqiqa o‘qiladi

Qoraqalpog‘istonda avval xususiylashtirilgan faoliyat yuritmayotgan korxonalar tiklanmoqda 

Foto: O‘zA

Ma'lum qilinganidek, O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2017 yil 23 fevralda qabul qilingan PQ-2796-sonli qaroriga muvofiq, joylarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining, viloyatlar hamda Toshkent shahri hokimlarining birinchi o‘rinbosarlari boshchiligida Idoralararo komissiyalar tuzilgan va ushbu komissiyalarning ishchi organi sifatida Davlat raqobat qo‘mitasi hududiy organlari belgilangan. 

Davlat raqobat qo‘mitasi axborot xizmatining xabar berishicha, Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘tkazilgan xatlov natijasida 114 ta avval xususiylashtirilgan va bo‘sh turgan obekt aniqlandi. Bugungi kunda Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi bo‘sh turgan obektlarning 53 tasi negizida investitsiya loyihalari ishlab chiqilgan bo‘lib, ushbu loyihalar bo‘sh turgan korxonalarni faoliyatini tiklanishiga turtki bo‘lmoqda. Mazkur loyihalarni amalga oshirish doirasida 67,6 mlrd. so‘mlik investitsiyalar o‘zlashtirilishi va 534 ta yangi ish o‘rni yaratilishi ko‘zda tutilgan.

Bugunga qadar respublikada 9 ta korxona faoliyati qayta tiklanib, 34 ta qo‘shimcha ishchi o‘rinlari barpo etildi. Mazkur korxonalarni ishga tushirish uchun 1 310,0 mln. so‘mlik sarmoyalar kiritildi. 

Jumladan, Nukus shahri, To‘rtko‘l guzarida joylashgan  “Nukus Remmash” MChJga tegishli bino va inshootlar, Nukus shahri, Dosnazarov ko‘chasi, 56-uyda joylashgan “DIAN PLAST” MChJga tegishli «Gozzal» xizmat ko‘rsatish binosi, Nukus shahri, Qoraqalpog‘iston ko‘chasi 15-uyda joylashgan “Osten” MChJga tegishli Univermag binosi, Xo‘jayli tumanida joylashgan "Ibraxim Qudrati Xaybat“ MChJga tegishli avvalgi AOOT “Xojyeyli sut” binosi, Kegeyli tumani, Xalqabad guzarida joylashgan bo‘sh turgan bino, Beruniy tumani, «Shimom» OFYda joylashgan "Qiyat" MChJ ga tegishli bino va inshootlar, Taxtako‘pir tumani, «Aydyn jol» MFY, Berdaq ko‘chasida joylashgan “Borshi” OKga qarashli «9-sonli Bosmaxana» imorati negizida zamonaviy xizmat ko‘rsatish va ishlab chiqarish obektlari ishga tushdi.

Masalan, Nukus shahri, To‘rtko‘l guzarida joylashgan “Nukus Remmash” MChJga tegishli bino va inshootlar negizida 32,0 mlrd. so‘m miqdorida kiritilgan sarmoya evaziga televizor ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Bunda 100 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishiga erishildi. Korxona yiliga 150 ming dona televizor ishlab chiqarish quvvatiga ega.

Mavzuga oid