O‘zbekiston | 19:10 / 07.12.2017
10274
1 daqiqa o‘qiladi

Chinoz tumanida logistika markazi tashkil etish rejalashtirilmoqda

Toshkent viloyatining Chinoz tumanida xalqaro logistika markazini tashkil etish rejalashtirilmoqda. Bu haqda UzDaily xabar tarqatdi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «2018—2022 yillarda transport infratuzilmasini takomillashtirish va tovarlarni tashish uchun tashqi savdo yo‘llarini diversifikatsiya qilish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmonni imzoladi.

O‘zbekiston Prezidenti transport infratuzilmasini takomillashtirish va yuk tashishning tashqi savdo yo‘nalishlarini diversifikatsiya qilish bo‘yicha kompleks dasturini tasdiqladi. Markaz «Urumchi — Xorazm (Xitoy) / Korgas — Olmaota — Taroz — Chimkent — Konisbayeva (Qozog‘iston) / Chinoz (O‘zbekiston)» yo‘nalishi bo‘ylab katta hajmdagi yuklarni qayta ishlash va tashish maqsadida tashkil etilmoqda.

Prezident 2018 – 2019 yillarda Markazni tashkil etish bo‘yicha Hukumat qarorini ishlab chiqish va tasdiqlash vazifasini topshirgan.

Mavzuga oid